"Chelsi" o'zining transfer rekordini yangilashga tayyor

4 dek 2019, 23:19
Goal.com nashri ma'lumotlariga qaraganda, Londonning "Chelsi" klubi "Borussiya" hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sancho uchun da'vogarlar qatoriga qo'shildi.

"Ko'klar" angliyalik futbolchini "tumanli Albion"ga qaytarish uchun klub tarixidagi transfer rekordini ham yangilashga tayyorlar. Eslatib o'tamiz, London klubi tarixidagi eng qimmat xarid Kepa Arrisabalaga hisoblanadi, uning uchun umumiy hisobda 72 million funt sterling sarflangan. Sancho uchun esa 100 million funt sterling taklif qilinadi. Takidlash lozimki, londonliklar 19 yoshli futbolchi uchun "Manchester Yunayted" klubi bilan jiddiy kurash olib borishlari talab etiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com