“Chelsi” o'z akademiyasining ikki tarbiyalanuvchisiga 5 yillik shartnoma taklif qildi

4 okt 2019, 08:33
London klubi ularni jamoada ko'proq qolishini xohlamoqda.

Gap Temmi Abraxam hamda Fikayo Tomori haiqda ketmoqda. “Aristokratlar” ikkala futbolchiga ham 5 yillik shartnoma taklif qilgan. Hozircha muzokaralar muvaffaqiyatli davom etayotgani aytilmqoda. Tomori ayni damda 21 yoshda bo'lib, u joriy mavsum APLda 4 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.

22 yoshli Abraxam esa 7 ta o'yinda 7 ta gol urishga erishdi. Ikkala futbolchi ham Angliya terma jamoasining oktyabrdagi o'yinlari uchun mamlakat bosh jamoasidan chaqiruv oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports