“Chelsi” Moratani taqdimotini o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2017, 23:39
Hujumchi Alvaro Morata rasman “Chelsi” futbolchisiga aylandi.

Ispaniyalik hujumchi bilan klub 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Yaqin kunlarda futbolchi jamoasining Singapurdagi yig'iniga borib qo'shiladi.

Ilgariroq ma'lum bo'lishicha, ispaniyalik futbolchi uchun “Chelsi” 80 million evro to'ladi.

Morata bu bilan eng qimmat ispaniyalik futbolchiga aylanadi.

Uning “Chelsi”dagi maoshi yiliga 9 million evroni tashkil etadi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Челси» расмий сайти