"Chelsi" Lukaku bo'yicha talabni pasaytirishga rozi

Aziz Tukhtamuradov
16 iyun 2022, 07:28
"Chelsi" Romelu Lukaku bo'yicha talabni pasaytiradi.

Inglizlar belgiyalik futbolchini ijaraga olmoqchi bo'layotgan "Inter"ga narx 25 milliondan 12 millionga tushganini ma'lum qilishdi. 

O'z navbatida, milanliklar ijara uchun bir mavsumga 7 million to'lashmoqchi. Lukaku 2019-2021 yillarda italyan klubida to'p tepgan. 

O'tgan mavsumda 29 yoshli Lukaku "Chelsi" safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Goal.com