Chelsi Kristal Pelas darvozasiga javobsiz to'rtta gol urdi

Alisher
3 okt 2020
APL 4-tur doirasidagi "Chelsi" - "Kristal Pelas" o'yini bo'lib o'tdi.

"Chelsi" - "Kristal Pelas" 4:0 

Gol: 50 - Ben Chiluell 1:0; 66 - Kurt Zuma, 2:0; 78 - Jorjino, 3:0; 83 - Jorjino, 4:0  

"Chelsi": Mendi, Chiluell, Zuma, Aspilikueta, Tiago Silva, Jorjino, Xavertc, Kante (Kristian Pulishich, 84 ), Xadson-Odoi (Mateo Kovachich, 84), Abraxam, Verner.

"Kristal Pelas": Guaita, Uord, Sako, Mitchell, Kuyate, Taunsend, Eze, Makartur (Luka Milivoevich, 67 ), Makkarti (Jayro Ridevald, 72), Zaa, Ayyu.

Ogohlantirish: 64 - Sesar Aspilikueta, 70 - NʼGolo Kante,


ANGLIYA PREMER-LIGASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi 

84. O'zgarish: Kante va Xadson-Odoi maydoni tark etdi, ularning o'rniga Kovachich va Pulishich uchrashuvni davom ettiradi.

83. GOOOOOOL. Jorjino ikkinchi penaltidan unumli foydalanib, hisobni 4:0 ga keltirdi.

78. GOOOOOOL. Jorjino penaltidan unumli foydalanib hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.

75. ZARBAAA. Xadson - Odoining mukammal uzatmasiga Abraxam noaniq zarba yo'lladi. 

72. O'zgarish: Kristal Pelas safida navbatdagi o'zgarish, Jeyms Makartur o'rniga Jayro Ridevald maydonga tushdi.

70. Ogohlantirish: NʼGolo Kante maydon markazida qo'pollik ishlatdi va hakam tomonidan ogohlantirildi.

67. O'zgarish: Jeyms Makkarti o'rniga Luka Milivoevich maydonga tushdi.

66. GOOOOOL. Chiluell qanotdan amalga oshirgan ajoyib uzatmasiga birinchi bo'lib Zuma boshi bilan zarba yo'llab, hisobni 2:0 ga keltirib qo'ydi.

64. Ogohlantirish: Uchrashudagi ilk sariq kartochka mezbonlar sardori Sesar Aspilikuetaga ko'rsatildi

59. ZARBA. Chelsi navbatdagi burchak zarbasini amalga oshirdi. Burchakdan uzatilgan uzatmaga Zouma boshi bilan zarba berdi, biroq biroz noaniq. 

Mehmonlar jarima maydonchasida pala-partish holat sodir bo'ldi, bundan foydalangan Chiluell hisobni ochdi

50. GOOOOOOOOOOOOL. Chiluell hisobni ochdi 

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi 

45. Hakam uchrashuvning birinchi bo'limiga bir daqiqa qo'shib berdi

39.ZARBA. Abraxam raqib jarima maydonchasiga kirib, zarba yo'lladi, biroq darvozabon qiyinchiliksiz qaytardi.

25. Navbatdagi noaniq zarba. Burchakdan uzatilgan to'pni Abraxam boshi bilan zarba yo'lladi, bu safar ham noaniq.

20. UXXXXX. Jorjino jarimza zarbasidan so'ng qaytgan to'pga birinchi bo'lib yetib keldi va zarba berdi, biroq zarbaga aniqlik yetishmadi.

18. Zarba. Xavertc jamoadoshlariga yana bir marta yaxshi imkoniyat yaratdi, lekin bu safar Vernerning kuchsiz zarbasini darvozabon ushlab oldi.

15. ZARBA. Xavertc Kanteni zarba berish uchun yaxshi vaziyat yaratib berdi, biroq fransiyalik futbolchining zarbasi ancha noaniq.

O'ninchi daqiqa davom etmoqda. Jamoalar hozircha bir birlarini o'rganish bilan band.

3. Ilk burchak zarbasini mezbonlar amalga oshirdi. Chiluellning uzatmasini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

Uchrashuv boshlandi 

- Salom. Tez orada APL 4-tur doirasidagi "Chelsi" va "Kristal Pelas" o'yini boshlanadi va bahsni sizlar bilan birgalikda kuzatib boramiz.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia