“Chelsi” Kepani “Milan” posboniga almashtirmoqchi

Eldor Akmurzayev
29 avg 2020, 20:58
Bu haqda “Football Insider” xabar beradi.

Manbaga ko'ra, “aristokratlar” kiperi Kepa Arrisabalaga faoliyatini “Milan”da davom ettirishi mumkin. O'z navbatida “rossonerilar” darvozaboni Janluiji Donnarumma Londonga yo'l o'lish ehtimoli bor.

Donnarumaning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan.

“Chelsi” Kepani 2018 yil 80 mln evro evaziga sotib olgandi. Jamoa rahbariyati esa ispaniyalikning ko'plab xatolarga yo'l qo'yayotgani sabab, u bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Insider