“Chelsi” Kante bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi

15 noya 2018, 19:33
“Chelsi”ning fransiyalik yarim himoyachi Ngolo Kante jamoa bilan shartnomasini uzaytiradi.

Yaqin kunlarda london klubi bu haqda rasman ma'lum qilishi kutilmoqda.

Ilgariroq OAVda futbolchiga PSJ qiziqayotganligi haqida xabarlar chiqqan, futbolchning o'zi esa Londonda qolishni istayotganligini aytgandi.

27 yoshli futbolchi joriy mavsumda jamoasi safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi. U 2016 yil “Lester”dan “Chelsi”ga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Équipe