"Chelsi" "Inter" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
19 avg 2022, 16:54
"Inter" yarim himoyachisi Chezare Kazadei "Chelsi" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

19 yoshli italiyalik bilan kelishuv 6 yilga mo'ljallangan. "Chelsi" o'yinchi uchun 15 mln evro to'laydi.

Kazadei o'tgan mavsum "Inter" yoshlar jamoasida 39ta o'yinda 16ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com