"Chelsi" ikki hujumchisi bilan xayrlashadi

Sherzod Nurmatov
9 avg 2024, 14:09
"Ko'klar" bu futbolchilarga ishonch bildirmaydi.

"Chelsi" hujumchilari Armando Broya va David Fofana transfer oynasi yopilguniga qadar jamoani tark etmoqchi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

"Aristokratlar" futbolchilar bilan hisoblashmaydi, shuning uchun ularni ijaraga yubormoqchi. Bu futbolchilar londonliklar yangi murabbiylar shtabi uslubiga ham to'g'ri kelmayapti.

Avvalroq Broyaga "Milan", "Shtutgart" va "Monako" klublari qiziqish bildirayotgandi. Fofana haqida hozircha ma'lumot yo'q.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano