"Chelsi" Iguain uchun 50 million va David Luizni bermoqchi

Nadirkhuja Yuldashev
27 dek 2013, 21:24
"Chelsi" rahbariyati yanvar oyining o'zidayoq Gonsalo Iguainni qo'lga kiritmoqchi.
"La Gazzetta dello Sport"ni  xabar qilishicha, London jamoasi argentinalik hujumchi uchun 50 millio evro to'lashga tayyor. Undan tashqari Braziliya terma jamoasi himoyachisi David Luizni ham neapolliklarga taqdim etmoqchi. Joriy mavsum "Napoli" safida 21ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan hujumchini "Napoli" rahbariyati hech qanday summaga sotmasliklarini aytgan edilar.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: sport-express.ru