“Chelsi” himoyachisi yanvardayoq “Atletiko”ga o'tishi mumkin

14 dek 2019, 08:24
Madrid klubi jiddiy transfer ustida ishlamoqda.

“Matraschilar” qishki transferlar vaqtida “Chelsi”dan Markos Alonsoni olib kelish niyatida. “Atletiko” avvaliga Alonsoni ijaraga olmoqchi. Keyin esa uni to'liq sotib olishni rejalashtirgan. Qayd etish joiz, Markos Madridning boshqa bir klubi “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Bundan tashqari “Atletiko” qishki transferlar vaqtida Zagrebning “Dinamo”sidan Dani Olmoni sotib olishni ham ko'zlagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports