"Chelsi" futbolchisiga 3 klub da'vogarlik qilmoqda

Mirjalol Normatov
9 avg 2022, 22:59
"Chelsi" futbolchisi Kallum Xadson-Odoi faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, oldinroq aytilganidek Dortmundning "Borussiya"sidan tashqari "Lester" hamda "Sautgempton" kabi klublar ham futbolchini tarkibiga qo'shib olishni istamoqda.

Kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani sababli futbolchining o'zi ham jamoadan ketishni niyat qilmoqda. O'tgan mavsumda chempionatning 15 o'yinida maydonga tushib, 1 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira