

London klubi "matraschilar"ga portugaliyalik uchun so'ralgan 100 million evroni to'lamoqchi emas, ammo futbolchini o'z tarkibida saqlab qolish niyatida. Shu bois, "ko'klar" Feliksni keyingi mavsum uchun qayta ijaraga olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Feliks joriy mavsum oxirigacha 12 million evro evaziga "Chelsi"da ijarada o'ynaydi.



