

Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Karim Adeyemi "Chelsi" radarida. Bu haqda insayder Kristian Falk xabar bermoqda.
"Chelsi" allaqachon futbolchi bilan bog'lanib, uni Angliyaga o'tishga ko'ndirishga harakat qilib ko'rdi. Londonliklar nemis klubi bilan ham muzokara o'tkazishni rejalashtirishgan.
Avvalroq "Borussiya" Adeyemini sotishga tayyor ekani xabar qilingandi. "Arilar" futbolchini 30 mln evroga baholamoqda.
22 yoshli germaniyalik o'tgan mavsum barcha turnirlarda 33 ta o'yin o'tkazib, 5 ta to'p kiritdi hamda 2 ta golli pas uzatdi.



