"Chelsi" "Borussiya D"ning ikki futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
16 dek 2024, 17:28
Angliyaning "Chelsi" klubi "Borussiya" Dortmund jamoasining ikki futbolchisiga qiziqmoqda.

Bu haqda "Sky Sports" xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, angliyaliklar darvozabon Gregor Kobel va vinger Karim Adeyemiga ko'z tikkan. "Ko'klar" Kobel bilan yozda shartnoma imzolashi mumkin, chunki klub darvozabonlar bilan bog'liq vaziyatdan umuman qoniqmayapti. Londonliklar allaqachon shveytsariyalik posbonning vakillari bilan bir necha bor muloqot qilishgan. 27 yoshli Kobelning o'zi esa hozircha bu transferga qiziqmayapti.

Shuningdek, "Chelsi" anchadan beri 22 yoshli Adeyemiga da'vogarlik qilmoqda. Futbolchiga ulardan tashqari APLning boshqa jamoalari ham qiziqmoqda.

Gregor Kobel joriy mavsum "Borussiya" tarkibida 18 o'yinda qatnashib, 26 ta gol o'tkazib yubordi va 5 ta o'yinda darvozani "quruq" saqladi. Karim Adeyemi esa 8 o'yinda 5 ta to'p kiritdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports