"Chelsi" Bennasyer uchun 40 million evro taklif qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
6 dek 2022, 11:00
"Milan" yarim himoyachisi Ismael Bennasyer faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Alfredo Pedullaning so'zlariga ko'ra, 25 yoshli jazoirlik futbolchining "San-Siro"dagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda. 

Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyunida yakuniga etadi. Futbolchining yangi agenti Enco Rayola kelasi hafta "rossonyeri" texnik direktori Paolo Maldini bilan kelishuvni uzaytirish borasida muzokara olib borishi kutilmoqda.

Milanliklar Bennasyerning avvalgi agenti Mussa Sissoko bilan kelishuvga erisha olmagandi. Futbolchi bir mavsumlik maoshi kamida 4 million evroga oshirilsa, yanshi bitimga imzo chekishga tayyor.

Pedullaning takidlashicha, Bennasyerga "Livyerpul"dan qiziqish borligi haqida mish-mishlar bo'lgan, ammo aniq ma'lumotlar yo'q. Ammo "Chelsi" yarim himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. London klubi yanvar oyida Bennasyer uchun 40 million evro taklif qilmoqchi. 

Bennasyer joriy mavsum "Milan" safida barcha turnirlarda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: alfredopedulla.com