"Chelsi" - "Barselona". Ushbu uchrashuv haqida bilishingiz kerak bo'lgan ma'lumotlar

Aslanov Jasurbek
20 fev 2018, 12:09
Bugun Toshkent vaqti bilan 00:45da "Chelsi" hamda "Barselona" o'rtasida o'tkaziladigan Chempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuviga start beriladi.

Londonda o'tadigan o'yinga aloqador bo'lgan bazi ma'lumotlarni eslatib o'tishga qaror qildik.

- "Chelsi" Angliya poytaxti London shahri jamoasi hisoblanadi. Ushbu ingliz klubiga 1905 yilda asos solingan.

- "Basrelona" shu nom bilan ataladigan Ispaniya shahri klubi bo'lib, unga 1899 yilda asos solingan.


"Chelsi"ning qo'lga kiritgan sovrinlari

Chempionlar ligasi g'olibi (1), Premer-liga chempioni (6), Angliya Kubogi sohibi (7), Yevropa ligasi g'olibi (1).


"Barselona"ning qo'lga kiritgan sovrinlari

Chempionlar ligasi g'olibi (5), Ispaniya chempioni (24), Ispaniya Kubogi sohibi (29), klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi (3).


Faoliyati davomida "Chelsi" va "Barselona"da to'p tepgan futbolchilar:

Albert Ferrer, Juliano Beletti, Deku, Samuel Eto'O, Eydur Gudonsen, Pedro Rodriges, Sesk Fabregas.


"Chelsi"ning muhim futbolchilari:

Eden Azar, Alvaro Morata va Tibo Kurtua.


"Barselona"ning muhim futbolchilari:

Lionel Messi, Luis Suares, Mark-Andre ter Shtegen.


"Chelsi" va "Barselona" o'rtasidagi uchrashuvlar statistikasi (Chempionlar ligasi)
JamoalarO'yinlar soniG'alabaDurangMag'lubiyatTo'plar nisbati
"Chelsi"1245318-18
"Barselona"1235418-18


Uchrashuv o'tkaziladigan stadion

Joylashgan shahar: London

Qurilgan: 1876

Sig'imi: 41,631

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia