"Chelsi" Balde Keyta uchun kurashga qo'shildi

Tolibjon Qosimov
8 iyul 2017, 19:12
"Chelsi" klubi "Lacio" vingeri Balde Keytaga qiziqmoqda.

"La Repubblica"ning ma'lumotiga ko'ra, ingliz klubi senegallikni jalb etishga qarshi emas. Rimliklar yosh futbolchini 30 million evro deb baholashdi. "Ko'klar"ni bu summa qanoatlantirmoqda, lekin 4 mln evroni bonuslar sifatida to'lashmoqchi.

Oldinroq, Keyta "Yuventus"ga o'tmoqchiligi aytilgan edi. Hatto, turinliklar sabab "Milan"ga rad javobini bergan edi. Eslatib o'tamiz, futbolchi bugun "Lacio" tarkibida tibbiy ko'rikdan o'tdi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: La Repubblica