"Chelsi" Aspilikueta bilan shartnomani bir tomonlama uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
15 mar 2022, 00:00
Ispaniyalik himoyachi hozircha klubni tark eta olmaydi.

"Chelsi" o'z himoyachisi Sesar Aspilikueta bilan shartnomani bir tomonlama uzaytirdi. Bu haqida Marca nashri xabar berdi. Manbaniing bildirishicha, Sesar Aspilikuetaning amaldagi shartnomasi shu mavsum oxiriga qadar belgilangan. Ammo bitimda kelishuvni bir yilga uzaytirish haqidagi band ham mavjud. Bu band faollashtirilishi uchun Sesar ushbu mavsumda 30 marta maydonga tushishi lozim bo'lgan. Himoyachi esa ushbu mavsumda 33 marta maydonga tushdi. "Chelsi" yuqoridagi bandni faollashtirib, himoyachi bilan shartnomani bir yilga uzaytirdi. Endi Sesar Aspilikueta klubdan keta olmaydi. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Sesar Aspilikueta "Barselona" bilan kelishib qo'yganligi borasida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Marca