"Chelsi" asosiy darvozaboniga yangi shartnoma taklif qilmoqchi
Tolibjon Qosimov
18 may 2017, 19:18
Londonning "Chelsi" klubi tarkibda asosiy darvozabon Tibo Kurtuani saqlab qolmoqchi.
Buni "Sky Sports" tasdiqladi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, "aristokratlar" rahbariyati belgiyalik bilan yangi kelishuv borasida muzokaralarni boshlashgan. Darvozabonning ayni paytdagi shartnomasi 2019 yilning yozida nihoyasiga etadi.