

Ko'klar yaqin vaqt ichida 23-yoshli yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen trasferi borasida muzokaralarni boshlamoqchi. Roman Abramovich jamoasi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda. Sababi, yaqinda yarim himoyachi klubning yangi shartnoma borasidagi taklifini rad etdi va Arsenal bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi emas.
Amaldagi kelishuv yana bir yil amal qiladi, shu sababli Chemberlenning trasferi u qadar qimmatga tushmasligi haqiqatga yaqin.



