"Chelsi" 18 yoshli futbolchini 19 mln. funtga sotib oldi

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2024, 15:10
"Chelsi" "Aston Villa" futbolchisi Omari Kellimenni sotib oldi.

18 yoshli vinger "aristokratlar" bilan 1 yilga uzaytirish imkoniyati bilan 6 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Hujumkor yarim himoyachi rolida ham o'ynay oladigan vinger uchun 19 mln. funt to'landi.

Oldinroq "Chelsi" Kellimenni ijaraga berib yuborishi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

Kellimen so'nggi mavsum APLda 2ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: chelseafc.com