

So'nggi kunlarda saytimizda ro'yxatdan o'tgan o'quvchilarga noma'lum inson tomonidan telegram ijtimoiy tarmog'ida quyidagi mazmundagi xabarlar yo'llanmoqda.

championat.asia sayti ayni paytda hech qanday sovrinli akciya o'tkazmayotganini rasman ma'lum qilamiz. Agar akciya yoki boshqa tanlov o'tkazsak ham bu borada championat.asia saytida ma'lum qilinadi. Shu bois yuqoridagi kabi xabarlarga ishonmang!
Saytimizda "Ro'yxatdan o'tkazib beraman" deb qoldirilgan fikrlar orqali o'quvchilarning raqamlarini qo'lga kiritishadi. Shu bois o'z telefon raqamingizni qoldirmang va begona odamlarga plastik raqamingizni bermang.
Shu o'rinda yana bir narsaga oydinlik kiritmoqchimiz, telegram ijtimoiy tarmog'ida saytimizning feyk (sohta) va muxlislar tomonidan ochilgan norasmiy kanallari juda ko'plab topiladi. Saytimizning telegramda bittagina rasmiy kanali mavjud: https://t.me/championatasia
Qolgan kanallarda chiqadigan ma'lumotlar uchun saytimiz javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi.



