

"Bugungi g'alaba muxlislarimizga ajoyib sovg'a bo'ldi. Ular bunga haqlilar, biz ularni oldilaridagi vazifamizni ado etishda davom etayapmiz. Maqsadimiz chempionlik ekan, bugungi g'alabaga ortiqcha e'tibor bermasligimiz kerak. Birinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida raqibimiz yaxshi o'ynadi. Umuman olganda huddi biz kabi ularda ham ko'p imkoniyat bo'ldi. Bunday qiyin o'yinda birgina xato qimmatga tushishini yana bir bor o'zingiz ko'rdingiz. Agar O'zbekiston posboni yaxshi o'ynamaganida asosiy vaqtni o'zidayoq yarim final masalasini hal qilishimiz mumkin edi", - deydi futbolchi.



