Cergey Lushan: "G'alaba qozonish uchun gol urish kerak”

Narzulla Saydullayev
15 may 2018, 21:20
Bugun Superliga 12-turida "So'g'diyona" o'z maydonida “Paxtakor” klubini qabul qildi va 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

O'yindan so'ng “So'g'diyona” bosh murabbiyi Sergey Lushan va o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Shoxruz Norxonov o'z fikrlarini bildirdi.

- Yaxshi o'yin bo'ldi. G'alaba qozonish uchun gol urish kerak. 4 ta aniq golli vaziyatni yaratdik. Gol urishimiz kerak edi. Ushanda natija boshqacha bo'lar edi. Penalti bor yoki yo'q uni hakamlar brigadasi va nazoratchilar hal qilsin. Yigitlarga etirozim yo'q. Ular bugun maydonda borlarini berishdi. Bugun o'yinimizda mazmun bo'ldi. Ishlashda davom etamiz. Ishonamanki, keyingi o'yinlarda natija qilishga harakat qilamiz - deydi jamoa bosh murabbiyi.



- Bugungi o'yin muxlislarbob bo'ldi deb  o'ylayman. Biz qo'lay vaziyatlardan foydalana olmadik. Hakam penaltini belgiladimi demak penalti bor edi. Agarda vaziyatlardan foydalana olganimizda o'yin boshqacha bo'lar edi. Keyingi safar himoyachilarmiz qo'llarini boylab chiqishadi. Maydonga faqat g'alaba uchun tushgandik. Lekin birgina penalti o'yinni butkul o'zgartirib yubordi, - deydi Norxonov.


“So'g'diyona” PFK matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати