"Buxoro"ning Turkiyaga uchib ketadigan futbolchilar ro'yxati

Narzulla Saydullayev
16 fev 2015, 16:39
“Buxoro” klubi Toshkentdagi yig'inni tugatdi. Jamoa 17 fevralda Turkiyaga uchib ketadi.
Xorijiy yig'inda quyidagi futbolchilar ishtirok etishadi:

Darvozabonlar: Aleksandr Korneychuk, Farruh Turdaliev, Shohjahon Nasimov.

Himoyachilar: Saidkomil Akbarov, Vyacheslav Ponamaryov, Otabek Narzullaev, Hasan Asqarov, Timur Turdiev, Azamat Sharipov, Ravshan Aslanov.

Yarim himoyachilar: Jamol Ubaydullaev, Suhrob Ne'matov, Vitaliy Plamadela (Moldaviya), Dilyaver Abibullaev, Ahror Umarjanov, Islom Xoliqov, Jamshid Hasanov, Evgeniy Kochnev, Nozim Umurov.

Hujumchilar: Zayniddin Tojiev, Otabek Isroilov, Sergey Shevchuk (Ukraina).

"Buxoro" 17 fevraldan 2 martga qadar Antaliyada yig'in o'tkazadi. Bu davr mobaynida Aleksandr Mochinov shogirdlari 5ta nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Raqiblar haqida ma'lumotlar keyinroq ma'lum bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com