“Buxoro” olti nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
19 iyul 2023, 08:45
Ikkinchi davraga munosib tayyorgarlik ko'rishni reja qilgan “Buxoro” jamoasi tarkibiga olti nafar futbolchini qo'shib oldi.

Ulug'bek Bakaev yozgi transfer oynasida uch nafar legioner futbolchi: Frani Ikich, Luka Kukich, Muhammadjon Rahimovni qo'shib oldi. Shuningdek, klub “Paxtakor”dan Diyor Ortiqboev, “Metallurg”dan Asilbek Qayumov va “Nasaf”dan Mahmud Jo'raboev bilan shartnoma tuzdi. 

Avvalroq, “Buxoro” Shohruz Norxonov va Jasur Xolto'raev bilan shartnoma imzolaganini e'lon qilgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia