Rasman: "Buxoro" Shohruz Norxonov va Jasur Xolto'raev transferini e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
14 iyul 2023, 18:09
Superliga klublari yozgi transfer oynasida tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirishmoqda.

Tojikistonda Superliganing 2-davrasiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Buxoro" jamoasi ikki nafar hujumchi Shohruz Norxonov hamda Jasur Xolto'raev bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Norxonov faoliyati davomida "Istiqlol", "Obod", "Bunyodkor", "So'g'diyona", "Navbahor" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Superligada shu vaqtga qadar 194 o'yinda 65 marta to'p kiritgan. Xolto'raev "Sho'rtan", "Surxon", "Metallurg", "Qizilqum" jamoalarida harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати