Buxoro futbol klubi a'zolari Paxtakor-79ni xotirladi

Aslanov Jasurbek
17 avg 2017, 22:46
Bundan 38 yil muqaddam o'zbek futboli juda katta yo'qotishga duchor bo'lgandi.

Boisi 1979 yilning  11 avgust kuni Paxtakor jamoasi samoda aviahalokatga uchrab, 17 nafar o'g'lonidan ayrilib qolgan edi. Shuning uchun mamlakatimizda har yili 11 avgust sanasida marhumlar xotirasi yodga olinib, turli xil tadbirlar tashkil etiladi. Kuni-kecha Buxoro jamoasi a'zolari ham Toshkentdagi Botkin qabristoniga tashrif buyurib, o'tganlarni ruhini shod ayladi. Ularning poyiga gulchambarlar qo'yishib,  xotirlashdi.


"Buxoro" matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia