“Buxoro” ertaga yangi o'yinchilar taqdimotini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
28 fev 2018, 15:43
Yangi mavsum oldidan jamoaga yangi qo'shilgan futbolchi va murabbiylarni keng jamoatchilikka tanishtirish marosimi o'tkazilishi urfga aylangan.

Shu qatorda “Buxoro” ham ertaga,  1 mart kuni, jamoaga yangi qo'shilgan futbolchilarni keng ommaga tanishtiradi. Tanishtiruv marosimida  barcha sport jurnalistlari va jamoa muxlislarini taklif qilamiz. Marosim "Boqiy Buxoro"da joylashgan drama teatrida soat 11:00da boshlanadi.  


“Buxoro” PFK matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com