"Buxoro" Bakaev bilan burilish qila oladimi? Yaypanda ikki alamzada jamoa to'qnashuvi - Bugungi uchrashuvlar oldidan mutaxassis fikri

Iskandarov Abdulaziz
7 apr 2023, 10:29
Bugun Superliganing 5-tur uchrashuvlariga start beriladi.

 Mazkur tur bir qator jamoalar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi sir emas. Har bir ochkoning qadri baland, "So'g'diyona", "Metallurg", "Buxoro"da murabbiylar almashdi. Ular jamoalarini qiyin vaziyatdan olib chiqib keta oladimi? Farg'onada "Andijon" - "Neftchi" vodiy derbisi maqomidagi uchrashuv, tajribali ijrochilarga to'laga OKMK - "Navbahor" uchrashuvi ham diqqat markazida bo'lishi aniq, deya olamiz. Bugungi uchrashuvlar oldidan mutaxassis sifatida sobiq futbolchi, O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoevning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Turon" - "Olimpik"

 - Yaypanda shubhasiz chiroyli o'yin bo'ladi. Bu bahsda ikki jihatni hisobga olishimiz zarur. "Turon" avvalgi turda ko'rsatdiki, "Bunyodkor" singari pas va kombinacion o'yin qiladigan jamoalarga qarshi o'ynay olishini ko'rsatdi. To'p nazoratida ham boshqa jamoalardan qolishmasligini ko'rdik. Umuman olganda to'p nazoratiga e'tibor beradigan jamoalar bellashuvi desak ham to'g'ri bo'ladi. Hozirda "Turon" ham, "Olimpik" ham alamzada, g'alabaga chanqoq holatda. 

"Buxoro" - "Bunyodkor"

 - Bu o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, "Bunyodkor" bejizga yuqori o'rinlarda ketmayotganini isbotlashi kerak. "Buxoro"da Ulug'bek Bakaev qaytdi. U ma'lum vaqt futboldan tashqarida yurdi. Shu bois o'zining aytadigan so'zlari bor. O'z maydonida muxlislar oldida ochko olishga harakat qilishadi. Lekin o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Chunki tarkibni boshqa murabbiy yig'gan. Imkoniyatlarga kelsak, so'nggi o'yinlardan kelib chiqsak "Bunyodkor" favorit maqomida bo'ladi. 


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia