Buskets: "Ayni damda kelajagim haqida hech narsa deya olmayman"

Sherzod Nurmatov
24 sen 2022, 10:28
"Barselona" yarim himoyachisi Serxio Buskets Kataloniya klubidagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

"Ayni damda kelajagim haqida hech narsa deya olmayman, chunki menda ma'lumot yo'q. Keling, bu mavsumda qanday o'ynashimni ko'ramiz. Hozir faqat futboldan zavqlanmoqchiman, keyin qaror qabul qilaman. Rasmiy ravishda shartnomam muddati tugayapti, lekin men haqimda tarqalgan barcha mish-mishlar yolg'on", – dedi Buskets.

34 yoshli Buskets joriy mavsum "Barselona" safida 5 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan kelishuvi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca