“Bunyodkor” yaponiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

13 mar 2014, 20:30
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o'z safiga yaponiyalik futbolchini qo'shib oldi.
O'tgan mavsumni Belorus chempionatining “Dinamo Brest” klubida o'tkazgan yarim himoyachi Sato Minori “qaldirg'ochlar” bilan ikki yillik bitimga imzo chekdi.

U markaziy yarim himoyachi ampluasida to'p tepadi. Sato “Bunyodkor” safida 9-raqam ostida harakat qiladi.

Manba: fcbunyodkor.com