

Jamoalar o'rtasidagi so'nggi uchrashuvlar statistikasiga nazar tashlasak, ustunlik "qaldirg'ochlar" tomonida.
Jamoalarning oxirgi o'zaro bahslarida "Bunyodkor" bir necha bor g'alaba qozongan: 2025 yil sentyabr oyidagi uchrashuvda 1:0 hisobida ustun kelgan bo'lsa, 2010 va 2009 yillarda ham yirik va ishonchli g'alabalar qayd etilgan. Shuningdek, 2025 yil apreldagi bahs 0:0 hisobida durang bilan yakunlangan.
Statistika shuni ko'rsatmoqdaki, mezbonlar "Bunyodkor" ancha qulay raqib hisoblanadi. Biroq yangi mavsum, yangi tarkib va yangi maqsadlar - "Xorazm" uchun bu o'yinda o'z so'zini aytish imkoniyatini beradi.
Qiziqarli va murosasiz kechishi kutilayotgan ushbu bahsda qaysi jamoa ustun keladi?



