"Bunyodkor" stadioni CAFA musobaqasi mezboni bo'lib qoladimi?

Sherzod Nurmatov
8 avg 2025, 19:22
O'FA xodimi javob berdi.

"Bunyodkor" stadionida 2 oy futbol o'ynab bo'lmasligi haqida xabar topdik. CAFA musobaqasi qaysi stadionda bo'ladi?", degan savolga quyidagicha javob oldik:

"Biz maydonni dorilab, maksimal shay holatga keltirishga urinamiz. Tez orada maxsus dorilar olib keltirilishi kutilmoqda. Vaziyatga qaraladi. Agar finalga qadar yaxshi bo'lib qolsa, "Bunyodkor" mezbon bo'lib qoladi. Aks holda boshqa maydonga murojaat etiladi", – dedi ismi oshkor etilishini xohlamagan manba.

Avvalroq "Bunyodkor"da taxminan 2 oy futbol o'ynab bo'lmasligi haqida xabar berilgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia