"Bunyodkor" sobiq ustozining fikricha, Braziliya terma jamoasida Neymardan noto'g'ri foydalanishyapti

Aslanov Jasurbek
4 may 2016, 11:06
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi, "Bunyodkor" eks bosh murabbiyi Ziko milliy jamoa murabbiylar shtabini tanqid qildi.

Uning fikricha, terma jamoada Neymardan noto'g'ri foydalanishyapti.

"Neymar Braziliya terma jamoasida darvozaga teskari o'ynaydi. U ko'plab zarbalar qabul qilib asabiylashishni boshlaydi. Bu ruhiy muammoga olib keladi. Agar Neymar "Barselona"dagi poziciyasida o'ynasa, uni xavfsizlantirish qiyin bo'ladi" - deydi Ziko.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal