“Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvidagi “omadli chipta” sohiblari

Narzulla Saydullayev
21 sen 2015, 15:38
Xabaringiz bor, 16 sentyabr kuni mamlakat kubogining ikkinchi finalchisi aniqlandi.

“Bunyodkor” stadionida o'tgan “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari o'rtasidagi bahsda “qaldirg'ochlar” 1:0 hisobida g'alaba qozonishib, ikki uchrashuv natijasiga ko'ra 4:2 (3:2, 1:0) hisobida raqibdan ustun kelgan holda final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Ushbu uchrashuvning tanaffus vaqtida “Bunyodkor” stadioni marketing xizmati “omadli chipta” yutuqli lotoreyasini tashkil etdi. Unda “Artel” savdo belgisi tomonidan ishlab chiqarilgan ikkita dazmol, bittadan elektr choynak, planshet va mikroto'lqinli pech “omadli chipta” sohiblariga topshirildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com