Bundesligada futbol o'yinlari oktyabr oxiriga qadar muxlislarsiz o'tadi

Mirjalol Normatov
28 avg 2020, 10:42
Bundesligada koronavirus sababli qanday ehtiyot choralari ko'rilishi ma'lum qilindi.

Germaniya kancleri Angela Merkel va federatsiya premer-ministri oktyabr oyi oxiriga qadar o'yinlar muxlislarsiz o'tishini ma'lum qildi.

"Bundesliga o'yinlarini sentyabr oyidanoq muxlislar bilan boshlashdan mano yo'q. Bu orqali biz kasallanadiganlar sonini oshirib tashlashimiz mumkin xolos", - dedi Markus Seder.

Oldinroq Germaniyadagi futbol muxlislari futbol o'yinlarida tribunalarning nechadir foizi to'lishiga qarshi chiqayotgani, yoki stadion to'lishi yoki bo'm-bo'sh qolishini istayotgani ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal