Bundesliga. Yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
20 fev 2021, 22:41
"Ayntraxt" hujumchisi Andre Silva Germaniya chempionatining o'tgan oydagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Portugaliyalik yakunlangan oyda Bundesliganing 6 uchrashuvida 7 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"Burgutlar" hujumchisi sovrin uchun kurashda Joshua Kimmix ("Bavariya"), Jeydon Sancho ("Borussiya D"), Robert Levandovski ("Bavariya"), Tomas Myuller ("Bavariya") va Filip Kostich ("Ayntraxt")ni ortda qoldirdi.

Silvaning yanvar oyidagi ko'rsatkichi uning jamoasiga 5 g'alaba va 1 marta durangni taqdim etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bundesliga.com