Bundesliga. Noyer Kanning rekordini takrorladi

Eldor Akmurzayev
6 fev 2022, 08:30
Germaniya chempionatida 21-turida “Bavariya” 3:2 hisobida “RB Leyptsig”ni taslim etdi.

Myunxenliklar kiperi Manuel Noyer uchun bu Bundesligadagi 310-g'alaba bo'ldi. U musobaqa rekordchisi Oliver Kanning natijasini takrorlashga erishdi.

35 yoshli Noyerga mazkur ko'rsatkichga erishishi uchun 459 o'yin talab qilindi. U 233 g'alabani “Bavariya”da (302 bahs), 77 tasini esa “Shalke” (156) safida qo'lga kiritdi. Kanga esa rekordni qayd etishi uchun 557 uchrashuv talab qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru