Bundesliga. "Borussiya" darvozasi ishg'ol etildi, lekin...

23 sen 2017, 23:25
Bundesliganing 6-turi doirasidagi markaziy bahs Dortmundda bo'lib o'tdi.


Germaniya chempionati peshqadami o'z uyida Myonxengladbaxdagi nomdoshi "Borussiya"ni qabul qildi.

Gollarga boy kechgan uchrashuvda 6ta gol urgan mezbonlar, o'z darvozalaridan joriy mavsumda bundesligadagi ilk gollarini qo'yib yuborishdi. Lars Shtindl Byurki darvozasi zanjirini 516 daqiqalik "quruq" seriyadan keyin echgan ilk futbolchiga aylandi.


Ammo bu gol "Borussiya" Myonxengladbaxga hech qanday yordam bera olmadi. Maksimilian Filipp hamda Per-Emerik Obameyangning benefisiga aylangan bahsda Peter Boshsh jamoasi yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Filipp dubl qayd etdi va bitta golga hammualliflik qildi. Obameyang esa xet-trikka erishdi. Myonxengladbax darvozasiga kiritilgan oltinchi golni Yulian Vaygl urdi.


Shu tariqa ushbu g'alabadan keyin "Borussiya" Dortmund Bundesligada peshqadamlikni yanada mustahkamladi.


Bundesliga, 6-tur. Turnir jadvali

Borussiya D – Borussiya M 6:1

Signal Iduna Park

Gollar
: 1:0 – 28 Filipp, 2:0 – 38 Filipp, 3:0 – 45 Obameyang, 4:0 – 49 Obameyang, 5:0 – 62 Obameyang, 5:1 – 66 Shtindl, 6:1 – 79 Vaygl.

Borussiya D
– Byurki, Papastatopulos (Bartra, 83), Tolyan, Pishchek (Zagadu, 70), Toprak, Getce, Vaygl, Pulishich (Kagava, 64), Daud, Filipp, Obameyang.

Borussiya M
– Zippel, Ginter, Vendt, Elvedi, Vestergor, Djonson (Xerrmann, 72), Kramer (Xofmann, 75), Zakariya, Azar, Shtindl, Raffael (Kyuizans, 61).

Ogohlantirish
: Elvedi (58).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia