Bugun samarqandliklar Iordaniya-O'zbekiston uchrashuvini katta ekranlarda tomosha qiladi

6 sen 2013, 09:59
Bugun O'zbekiston Milliy terma jamoasi juda muhim uchrashuv ostonasida turibdi. JCH-2014 pley-offning dastlabki uchrashuvini safarda o'tkazadigan bosh jamoamiz uchrashuvini samarqandlik futbol muxlislari yana birlashgan holda katta ekranlarda tomosha qilishni rejalashtirgan.

Odatga ko'ra bugun ham barcha muxlislarni shaxrimiz markazida joylashgan "Sharq yulduzi" kinoteatrining ikki katta zalida tomosha qiladilar. 500 kishiga mo'ljallangan katta zallarning har ikkisida ham futbol uchrashuvi namoish etiladi. Barchani birgalikda terma jamoamizni qo'llab quvvatlashga chaqiramiz. 

Qo'shimcha murojat uchun +998942400041 (Humoyun) ga murojat etishingiz mumkin. 

Eslatib o'tamiz uchrashuv 21:00 da boshlanadi. Uchrashuvga biletlar sotilmoqda.


Manba: championat.asia