Bugun O'zbekiston va Tojikiston terma jamoalari o'zaro ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazishadi

Narzulla Saydullayev
3 sen 2020, 07:30
Bugun O'zbekiston milliy va yoshlar terma jamoalari Tojikiston bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishadi.

Soat 17:00da Xo'jand shahrida O'zbekiston U-19 terma jamoasi tojikistonlik tengqurlariga qarshi maydonga tushishadi. Soat 19:00da O'zbekiston va Tojikiston milliy terma jamoalari "Lokomotiv" stadionida maydonga tushishadi. Har ikkala bahs Sport TV orqali jonli efirda namoyish etiladi.


O'rtoqlik o'yinlari
3 sentyabr (payshanba)
Tojikiston (U-19) – O'zbekiston (U-19)

Xo'jand, Tojikiston Mustaqilligining 20 yilligi stadioni. 17:00 (Toshkent vaqti)



3 sentyabr (payshanba)
O'zbekiston MTJ – Tojikiston MTJ

Toshkent, Lokomotiv stadioni. 19:00


O'zbekiston - Tojikiston. Raqib haqida nimalarni bilish kerak? 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia