Bugun "Navbahor" "Neftchi" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2020, 09:22
O'z o'quv-mashg'ulot yig'inini Namanganda o'tkazayotgan “Navbahor” klubi mazkur yig'in doirasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini bugun Pro-liga vakili Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o'tkazishadi.

Mazkur o'yin Qirgulidagi “Neftchi” SK maydonida bo'lib o'tadi. Ushbu bahsda “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis jamoa a'zolari bilan birga ko'rikdan o'tayotgan futbolchilarni ham maydonga tushirib, sinovdan o'tkazadi.

Qisqasi, bu o'yinda maydonda aralash tarkib harakat qiladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz