Rodrining “Real”ga o'tishi deyarli barbod bo'ldi!

Sherzod Nurmatov
6 avg 2026, 13:35
Endi vaziyatni o'nglab bo'ladimi-yo'qmi, buni vaqt ko'rsatadi.

Transfer bozorida juda muhim burilish: Rodrining “Real”ga o'tishi ayni damda “Manchester Siti” futbolchisi va Madrid jamoasi o'rtasida kelishuv yo'qligi sababli barbod bo'lish arafasida turibdi.

Jarayonga yaqin manbalarning xabar berishicha, so'nggi soatlarda transfyerda kutilmagan burilish yuz berdi va “Real” yon berishga rozi bo'lmasa, vaziyatni o'nglash juda qiyin kechadiganga o'xshaydi.

Yarim himoyachi 4 mavsumlik shartnoma imzolashga qarshi emasdi, ammo Madrid tomonining taklifi uni to'liq qoniqtirmadi va muzokaralar shu darajada taranglashdiki, hozircha transfer “muzlatib qo'yildi”.

Rodri Ispaniyaga qaytishni xohlaydi va endi stolda boshqa opciyalar paydo bo'ladimi-yo'qmi, buni kuzatish kerak. “Barselona” ham ushbu vaziyatni chetdan kuzatib bormoqda.

Muzokaralar shunday tarang kayfiyatda davom etmoqda va oqibatda “Real” tomonidan bildirilgan yakuniy taklif hozircha futbolchiga maqul kelmadi. Kelishuv deyarli hal bo'lgandek ko'ringan bo'lsa-da, agar vaziyat o'zgarmasa, Rodrining bu mavsumda madridliklar libosini kiyishi juda qiyin bo'ladi. Transfer oynasi yopilishiga hali vaqt bor, ammo ayni damda ahvol shunday.

Bundan buyon Rodri va uning atrofidagilar qanday qarorga kelishini kuzatish kerak bo'ladi, ular avgust oxirigacha takliflarni eshitishga tayyor. Yarim himoyachi “Manchester Siti”dagi faoliyatini yakunlangan deb hisoblab, La Ligaga qaytish niyatini yashirmagandi va shu sababli ungacha eng ko'p qiziqish bildirgan “Real” bilan muzokaralarga rozi bo'lgandi. Muzokaralarning to'xtashi imkoniyatlar doirasini qayta ochadi, ammo variantlar juda kam.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es