

Avvalroq, "Barselona" va Grizmann shartnoma borasida kelishib olgani, Kataloniya klubi fransiyalikning shartnomasidagi 100 mln. evrolik tovon pulini to'lashi e'lon qilingan edi. Biroq so'nggi xabarlarga ko'ra, "matraschilar" hujumchisi ko'k-anorranglilar safiga o'tish fikridan qaytgan va "Atletiko"ning katta maoshlik yangi bitimini qabul qilmoqchi.
Bugun hammasi hal bo'ladi. 12 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 18:30da Antuan Grizmann katta matbuot-anjumani o'tkazadi. Ushbu anjumanda Fransiya terma jamoasi forvardi kelajagi borasidagi yakuniy qarorni e'lon qiladi.



