Bugun final oldidan matbuot anjumani va rasmiy mashg'ulot bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
3 dek 2017, 12:45
Xabaringiz bor, 4 dekabr kuni soat 15:00da "Bunyodkor" stadionida O'zbekiston Kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Finalda mamlakatimizning amaldagi chempioni va kubogi sohibi - "Lokomotiv" “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib boradi.

Bugun uchrashuv oldidan “Bunyodkor” stadionining anjumanlar zalida har ikki jamoa bosh murabbiylari va yetakchi futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi. Soat 15:00da jurnalistlar savollariga “Bunyodkor” bosh murabbiyi va jamoa yetakchisi javob berishadi. Soat 15:30da jurnalistlarning savollariga Andrey Miklyaev hamda Timur Kapadze javob berishadi.

Soat 16:00da esa "Lokomotiv" jamoasi final o'tadigan stadionda o'yinoldi rasmiy mashg'uloti o'tkazadi. Uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz