Bugun Yevropa ligasi finali

Narzulla Saydullayev
18 may 2016, 18:45
18 may oqshomida Yevropa ligasining hal qiluvchi uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Unda musobaqaning amaldagi g'olibi Ispaniyaning "Sevilya" va Angliyaning "Liverpul" klublari Shveytsariyaning Bazel shahridagi "Sankt-Yakob Park" stadionida kuch sinashishadi.



Uchrashuvga oid faktlar:

• Bu ikki klub rasmiy musobaqalarda umuman to'qnash kelishmagan.

• "Liverpul" Ispaniya klublariga qarshi 34ta o'yin o'tkazgan: 14 g'alaba, 10 durang, 10 mag'lubiyat. Ular orasida ikkita final uchrashuvi bor: 1980/81 yil Yevropa Chempionlar kubogi hal qiluvchi uchrashuvida "Real" mag'lub etilgan va 2000/01 yilgi mavsumda UEFA kubogi finalida Dortmundda "Alaves" 5:4 hisobida taslim qilingan.

• "Sevilya" Angliya klublari bilan 8 marta o'ynagan: 3 g'alaba, 2 durang, 3 mag'lubiyat. 2005/06 yilgi mavsumda UEFA kubogi finalida "Midlsbro" tor-mor etilgan - 4:0.


LIVERPUL - SEVILYA
18 may. Bazel. "Sankt-Yakob Park" stadioni. 23:45.
Hakam -
Yunas Eriksson (Shvetsiya).

"Liverpul": Minole; Klayn, Lovren, Ture, Moreno; Lallana, Djan, Milner; Firmino, Starridj, Koutino.
O'ynamaydi: Rossiter, Gomes, Saxo
So'roq ostida: Origi

"Sevilya": Soriya; Mariano, Rami, Karrisu, Eskudero; Krixovyak, N'Zonzi; Koke, Banega, Vitolo; Gameyro.
O'ynamaydi: Kron-Deli, Tremulinas


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia