Bugun Aziz Haydarov va Anzur Ismoilov ehtiyot bo'lishlari kerak

Narzulla Saydullayev
15 noya 2013, 16:23
O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi-2013 saralashi doirasi 4-turida Vetnamga qarshi o'ynaydi.
Ushbu o'yindan oldin ikki futbolchimiz hisobida bittadan sariq kartochka mavjud.

Aziz Haydarov va Anzur Ismoilov bugun extiyotkorlik bilan o'ynashlari lozim. Agar hakam bu o'yinchilarni ogohlantirsa, 19 noyabr kuni Gonkongga qarshi uchrashuvda Haydarov va Ismoilov maydonga tusha olishmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia