Buffon: "PSJning omadsizligi bizga vazifa hali bajarilmaganini eslatmoqda"

Tolibjon Qosimov
12 apr 2017, 19:09
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon YCHL chorak final dastlabki bahsidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yin (3:0)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Men to'plarni qaytarish uchun bu yerdaman, bu mening ishim. Ajoyib jamoada o'ynayman. Hammasidan ham menga o'yinga bo'lgan munosabatimiz va tayyorgarligimiz yoqdi. Birinchi daqiqalardan qo'rquvsiz harakat qildik. PSJning omadsizligi bizga vazifa hali bajarilmaganini eslatmoqda, lekin bizda umumiy g'alaba uchun juda yaxshi imkoniyat bor. Shuni aniq aytishim mumkinki, himoyachilarimizni er yuzidagi hech kimga almashtirmayman", - deydi Buffon.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com